3D vizualizatsiya

Shoʻrchi tumani · Bobur MFY

Shoʻrchi tarixida hali boʻlmagan
13 gektarlik loyiha

Komfort va biznes klassdagi 3200+ xonadon, 2 yil ichida topshiriladi.

13gektar maydon
3200+xonadon
12qavatli binolar
Yangi Shoʻrchi loyihasining qush parvozidan koʻrinishi

Qush parvozidan

13 gektar — bitta hudud, bitta reja

20 foizida binolar, 80 foizida bogʻ, sayilgoh va fontanlar. Barcha binolar, maktab, bogʻcha va stadion bitta yashil hudud ichida joylashgan.

Odatda uy tanlaganda shunga duch kelasiz

Mashina qoʻyadigan joy yoʻq

Yangi binolarda koʻpincha parkovka yetishmaydi, kechqurun aylanib yurishga toʻgʻri keladi.

Hovlida dam olishga joy yoʻq

Koʻp loyihalarda hovli faqat asfalt va parkovka — bolalar bilan sayr qiladigan bogʻ deyarli boʻlmaydi.

Bolalar uchun joy yoʻq

Atrofda bogʻcha, maktab yoki oʻynaydigan joy boʻlmasa, har kuni boshqa tumanga olib borishga toʻgʻri keladi.

Chiroq oʻchsa — muammo

Lift toʻxtaydi, suv koʻtarilmaydi. Elektr uzilishi kundalik hayotni toʻxtatib qoʻyadi.

Yangi Shoʻrchi shu masalalarning har biriga javob beradi

13 gektarlik hududning 20 foizida binolar, qolgan 80 foizi sayilgoh, bogʻ, fontan va xiyobon. Qolganini oʻzingiz koʻring.

01

Joylashuv

Shoʻrchi bozori yonida, tumanning asosiy chorrahasida, Shoʻrchi shox bekati yaqinida — Bobur MFY, sobiq paxta tozalash zavodi hududi.

02

Qurilish

Monolit gazablokdan, zilzilabardosh, issiq-sovuqqa chidamli. A500 markali armatura, 400–500 markali beton, fasadda travertin va keramogranit.

03

Derazalar

Issiqlikni yaxshi ushlab turadigan, sifatli deraza romlaridan oʻrnatiladi.

04

Parkovka

2400 oʻrinli zamonaviy parkovka. Kechqurun joy izlab aylanishga hojat qolmaydi.

05

Lift

Har bir podezdada 2 tadan lift oʻrnatiladi.

06

Energiya va xavfsizlik

Qoʻshimcha generator va quyosh panellari — chiroq oʻchsa ham lift va suv taʻminoti toʻxtamaydi. Hudud 24 soat qoʻriqlanadi.

Raqamlarda

13
gektar umumiy maydon
80%
yashil hudud
3200+
xonadonlar soni
12
qavatli binolar
2400
oʻrinli parkovka
A500
markali armatura
400–500
markali beton
2 yil
topshirish muddati

8 gektar bogʻ ichida — shahar ichidagi shaharcha

Kompleks ichida sayilgoh va bogʻ hududida bolalar uchun ham, kattalar uchun ham joy bor. Tuman bayramlari shu yerda oʻtkaziladi.

Bogʻ va sayilgoh
Bolalar oʻyingohi
Maktab
Bogʻcha
Stadion
Amfiteatr
Fontan va xiyobon

Joylashuv

  • Manzil: Shoʻrchi tumani, Bobur MFY (sobiq Shoʻrchi paxta tozalash zavodi hududi)
  • Yonida: Shoʻrchi bozori
  • Tumanning asosiy chorrahasida joylashgan
  • Yaqinida: Shoʻrchi shox bekati
Batafsil — Instagram

Koʻp soʻraladigan savollar

13 gektar. Shundan 20 foizi binolar, 80 foizi bogʻ, sayilgoh va fontanlar uchun ajratilgan.

Komfort va biznes klass xonadonlar.

Qoʻshimcha generator va quyosh panellari ishga tushadi, lift va suv taʻminoti toʻxtamaydi.

2400 oʻrinli parkovka rejalashtirilgan.

Bu boʻyicha aniq maʻlumotni telefon orqali beramiz — shartlar individual boʻlishi mumkin.

Qurilish boshlanganidan 2 yil ichida topshiriladi.

Sotuvda xonadonlarimiz bor

Batafsil maʻlumot olish uchun qoʻngʻiroq qiling yoki bizga yozing.